Bo`limlar
Latifalar
Kecha yotoqxonaga shovqinga ishlab ketadigan chiroq o`chirgichni o`rnatdik, endi naqd tungi klubni o`zginasi bo`ldi.
Afandining oshnalaridan biri yangi imorat soldi-da, ko`z-ko`z qilish uchun Afandini aytdirib yubordi va ertadan-kechgacha olib yurib, imoratni ko`rsatdi.
Yura berib Afandining qorni juda ochdi, ammo oshnasi ovqat to`g`risida og`iz ochmas va uyma-uy yurar edi. Afandi nihoyat oshxona oldida to`xtadi-da, unga diqqat bilan qaray boshladi. Oshnasi undan so`radi:
— Oshxona yoqib qoldi deyman-a?
— Ha, oshxonani juda boplabsiz,— dedi Afandi,— shunday qilibsizki, kirgan kishining darrov ovqat yegisi keladi!— dedi.

Afandi xotini bilan urushib qolibdi. Ertasi kuni xotini eshakni yetaklab ketayotganida, Afandi:
— Xoy, bu molni qayoqqa olib ketyapsan debdi
Shunda xotini Afandiga qarab:
— Ko`rmayapsizmi bu mol emas eshak-ku desa.
Afandi xotiniga qarab:
— Cendan so`raganim yo`q eshakdan so`rayapman dermish

Xotin eriga:
— Sizga tekkanimda ko`zim ko`r, qulog`im kar bo`lgan ekan..
Er:
— Ana ko`rdingmi qanday kasalliklardan ozod qildim seni..

— Siz mani dilimda yashaysiz.
— Siz mani qalbimda yashaysiz.
— Siz mani yuragimda yashaysiz.
Ijara haqini qachon to`laysiz?!
— Siz mani qalbimda yashaysiz.
— Siz mani yuragimda yashaysiz.
Ijara haqini qachon to`laysiz?!
Talaba restoranga kirib ofitsiantga:
— Bitta bulka non va bir stakan suv debti.
Ofitsiant kulib:
— Shunchalik pastga urasanmi o`zingni. Hayotga bir marta kelasan, mazza qilib, to`yib maishat qimaysanmi desa talaba:
— Ha, to`g`ri aytasiz. Maishat bo`lsa maishatda. Unda manga uchta bulka non va bir chelak suv olib keling dermish

Tarakanlar teatrdan janjal ko`tarib mitinga "Tomoshaga to`ydik, non beringlar" shiori bilan chiqishibdi.
Afandi qarib qolgan chog`ida mevali daraxt ko`chatlarini o`tqazayotgan edi, podsho kelib qoldi.
— Hoy chol,— dedi podsho,— sen piri-foniy bo`p qolibsan. Bu ekayotgan daraxtlaringning mevasini yeyman, deb o`ylayapsanmi?
— O`tganlarning ekib qoldirganlaridan biz foydalanyapmiz. Endi bizning ekkanlarimizdan kelgusidagilar foydalansinlar, deb ekayapman.
Bu gap podshoga yoqib ketib, «Za» devordi. Uning «Za» degani ofarin degani edi, podsho har gal «Za» deganida ming tanga in’om berilishi shart edi. Podshoning yonidagi xazinachi darhol Afandiga ming tanga sanab berdi. Afandi qulluq qilib:
— Mana ko`rdingizmi podshohim, mevalarim hoziroq xosil berdi,— dedi.
Podsho yanayam xursand bo`lib, «Za» dedi. Xazinachi yana ming tanga sanab berdi. Afandining ta’bi ochilib ketdi:
— Aslida mevali daraxtlar yilda bir marta hosil beradi. Lekin podshoximning poyi-kadamlari sharofatidan ikki marta hosil berdi.
Podshoga bu gap ham xush kelib, yana «Za» devordi. Xazinachi Afandiga yana ming tangani sanab berdi-da, sekin podshoning qulog`iga shivirladi:
— E podshohi olam, agar bu yerdan tezroq ketmasak, bu chol xazinangizni butkul, qurutadi...

Amerikaliklar oyga uzum ekishmoqchi bo`lib chiqishsa, O`zbeklar mayizni eksport qilib sotvotganmush.
Eng aqlli qushlar yozni ham issiq o`lkalarda o`tkazadilar.