Bir odam dam olib o`tirsa
Latifa matni:
Bir odam dam olib o`tirsa, to`satdan azroyil paydo bo`lib:
— Joningni olaman, - debdi.
— Ro`yxatingni ko`rsat-chi, - debdi boyagi odam.
Ro`yxatni qarasa, rostan ham boshida turgan ekan. Haligi odam sekin yalinishga tushibdi:
— Iltimos menga bir kun muhlat ber. Yaqinlarim bilan xayrlashib olay, - desa, azroyilni rahmi kelib, ruxsat beribdi.
Haligi odam siqilib o`tirsa, yoniga xotini kelib:
— Shunga ham siqilasizmi? Axir buni yo`li oson-ku! Azroyil kelsa, oldin yaxshilab mehmon qiling. Choyiga uyqu dori qo`shib qo`ying. U uyquga ketgach, yonidagi ro`yxatni olib, boshidan ismingizni o`chirib, oxiriga yozib qo`ying, - debdi.
Eri ertasi kuni huddi xotini aytganidek qilibti. Azroyil uyg`ongach, haligi odamga qarab:
— Rahmat senga ey odamzot! Mazza qilib dam oldim. Bu yaxshiligingni javobsiz qoldirmayman. Mayli men jon olishni ro`yxatni oxiridan boshlay qolaman, - dermish.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Bir odam dam olib o`tirsa, to`satdan azroyil paydo bo`lib: