Latifa matni:
Jahon moliyaviy inqirozi jarayonida ikki iqtisodchi bir-biri bilan suhbatlashyapti:
— Og`ayni shu kunlarda kechalari umuman uxlay olmayapman. Inqiroz qattiq ta’sir qildi menga. Sizchi, sizda qanday kechyapti?
— Men chaqaloqlardek uxlayapman.
— Yo`g`-ye?
— Ha, har 10 minutda uyg`onib, yig`lab-yig`lab olyapman.