Bo`limlar
Latifalar
Xotin:
— Oyog`ingizni ko`taring, polni artib olay!
— Obbo, polniyam mening yordamimsiz yuvolmaysan-a?!

Bir kishi xotini yaxshi eshitmay qolayotganidan tashvishga tushibdi. U xotiniga eshitish uskunasi olib berishga qaror qilibdi. Xotiniga bu haqda qanday aytishni bilmabdi va dastlab buni muhokama qilish uchun shifokorga boribdi.
Shifokor unga uy sharoitida oddiy sinov o`tkazishni, keyin tashxis qo`yishi mumkinligini aytibdi. Va sinovni qanday o`tkazishni tushuntiribdi.
— Xotiningizga 12 metr masofadan biror savol berib ko`ring. Agar savolingizga javob bermasa, yaqinroq borib savolingizni takrorlang, masofa 9 metr bo`lsin. Agar yana javob qaytarmasa, 6 metr masofadan savolingizni takrorlang, keyin 3 metrdan. Xullas, u savolingizga javob bermaguncha yaqinlashavering. Shunda uning qulog`i qanchalik og`ir ekanligini aniqlab olamiz.
O`sha oqshom xotin oshxonada ovqat tayyorlayotgan, er esa o`z xonasida ishlayotgan ekan. Er ichida o`ylabdi: “Hozir undan taxminan 12 metr uzoqdaman. Shifokor maslahatini bajarishning ayni vaqti”.
— Azizam, nima ovqat qilyapsan?
Hech qanday javob bo`lmabdi. Er yo`lakka chiqibdi va savolini takrorlabdi.
— Go`zalim, nima ovqat? Yana jimlik. U yanada yaqinroq boribdi. Ular orasidagi masofa olti metr ekan.
— Shirinim, nima ovqat qilyapsan? Lekin hech qanday javob bo`lmabdi. Er oshxonaga kiribdi.
— Nima ovqat yeymiz? Afsuski, bu safar ham xotini indamabdi. Er xotining yoniga yaqinlashibdi.
— Sevgilim, nima ovqat qilyapsan?
Xotini unga o`girilib qarabdi.
— Azizim, eshitmayapsizmi, beshinchi marta aytyapman, tovuq!

Barmen oldida bo`sh stakan turgan, shirakayf mijozning oldiga kelib:
— Stakaningiz bo`shab qolibdi. Yana bitta xohlaysizmi?
— Ikkita bo`sh stakanni nima qilaman?

Afandi ko`chadan kelayotgan edi, ikki bolani uchratdi. Ulardan biri yig`lab Afandiga arz qildi:
— Anavi bola qulog`imni tishlab oldi.
— Yo`q, men tishlaganim yo`q,— dedi ikkinchi bola,— o`z qulog`ini o`zi tishlab oldi.
— Bekor aytibsan,— dedi Afandi ikkinchi bolaga — bu tuyamidi o`z qulog`ini o`zi tishlaydi.

Bir yigit jon taslim qilayotgan qaynonasini boshida o`tiribdi. Quyosh botayotgan paytda qaynona zo`rg`a ko`zini ochib, kun botayotgan tarafga qarab:
— Quyoshni botishini qarang kuyov, qanday go`zal-a...
— Oyijon u yoqqa qaramang, chalg`imay o`z ishingiz bilan shug`illaning...

Afandi podshoga vazir edi. Podsho nihoyatda ahmoq bo`lib, chet ellardan kelgan elchilar, olimlar, sayyohlar oldida bo`lar-bo`lmas gaplarni aytib, hadeb, o`z ahmoqligini oshkora qila berar, Afandi doim undan xijolat bo`lib, uning gaplarini shuvagani-shuvagan edi. Kunlarning birida Afandi bozor bo`lganidan podshoga dedi:
— Bundan keyin birov bilan gaplashayotganingizda, oyog`ingizga ip bog`lay-da, bir uchini ko`rpacha tagidan ushlab turay, to`g`ri javob bersangiz yoki o`rinli savol tashlasangiz tek turaveraman, aynisangiz, ipni asta tortib qo`yaman.
Bu gap podshoga ma’qul tushdi. Bir mamlakatdan elchi kelganda xuddi shunday qilindi. Elchi kirib o`tirishi bilan podsho so`radi:
— Qalay, mamlakatingizda it, mushuklar semizmi? Afandi ipni sekin tortdi, podsho gapdan to`xtagandan keyin, Afandi elchiga bu gapning «ma’no»sini izohlay boshladi:
— Shohimiz shunday teglik gapiradilarki, it, mushukning semizligi xalqning osoyishta va farovon turmush kechirishini ko`rsatadi.
Elchi bu gapdan kanoatlanib, podshoga ta’zim qildi. Buni ko`rib podsho Afandiga o`shqirdi:
— Ahmoq, shunday chuqur gap aytgan bo`lsam, nega ipni tortding!

Afandining anjiri pishgan edi, bir savatga terib Poshshoga olib bordi. Ammo qorovullar uni anjirini tortib olishdi-da, ichkariga olib kirib ketishdi. Afandi darvoza tagida qoldi. Shu vaqtda yasovullar besh-o`nta bandini haydab kelishayotgan edi, ularning biri yo`lda qochib ketdi, uning o`rniga Afandini ham bandilarga qo`shib qorovullarga topshirishdi.
Afandi qanchalik dodu faryod qilib yopishmasin, foyda bermadi, uni zindonga tashladilar.
Kunlar, oylar o`tsa ham Afandi hamon zindonda qoldi.
Bir kuni poshsho zindonga kirib Afandidan nima sababdan qamalganini so`ragan edi, u butun voqeani so`zlab berdi. Poshsho uni bo`shatishga buyurib, so`radi:
— Sening anjiring menga juda ma’qul bo`lgan edi, tila tilagingni?
— Anjir evaziga shuncha mukofot oldimki, buning ustiga yana biror narsa so`rashga ham uyalaman. Bir dona o`tkir bolta hadya qilsangiz, shuning o`zi bas.
— Boltani nima qilasan?
— Bog`imdagi anjirlarni bitta qo`ymay kesib tashlamoqchiman,— dedi u.

Bir kuni yalmog`iz poyezd yo`lida ketayotgan ekan. Poyezd «signal» chalibdi. Shunda yalmog`iz:
— Aqli "normalniy" qizlar bolalar hushtak chalsa qaramaydi - deb, «dalshe» ketibdi.

Qadrli ayollar! Agar siz 6 mart kuni sovg`a olsangiz demak siz u erkakning — xushtorisiz… Agar 7 martda sovg`a olsangiz — siz uning xamkasbisiz… Agar 8 martda sovg`a olsangiz — siz uning sevimli ayolisiz… Agar umuman sovg`a olmasangiz — siz uning xotinisiz!!!
Kitob sotuvchi xaridorlardan biriga «Kulgili hikoyalar» kitobini uzatib:
— Shu kitobni oling, juda qiziq, kulaverib o`lasiz,— dedi.
— O`zingiz bu kitobni o`qiganmisiz?—so`radi xaridor.
Ularning gapiga quloq solib turgan Afandi kitob sotuvchiga ishora qilib:
— O`qigan bo`lsa tirik qolarmidi,— dedi.