Latifa matni:
Bir yigit do`stiga:
— Soatga qara! Faqat bir tomonga qarab yuradi. Bilasanmi, bu nimani anglatadi? Bu hayotingdagi o`tkan ishlarni unut, eski narsalarni eslama, fakat oldinga qarab yur degani!, - desa, do`sti:
— Ey faylasuf, gapni boshqa yoqqa burma-da, o`tgan oy olgan qarzingni qaytar, - dermish.