Bo`limlar
Latifalar
Oldinlari supermarketga 2 ming so`m bilan kirib, 2 ta kola, 3 pachka chips, 2 quti pista olib chiqardim.
Hozir hamma yoqqa kamera qo`yib tashlashibdi...

Bugun notanish nomerdan manga SMS keldi: "Jonim xafa bo`lmang, man boshqasini uchratdim, ayb sizda emas, boshqa uchrasha olmaymiz."
— Qoyil mani xatto tanimiydigan qiz ham tashlab ketdi.

Er-xotin sudda ajrashishmoqda. Yigit sudyaga:
— Bolani menga qoldirishingizni so`rayman.
Sudya:
— Nega endi aynan sizga?
Yigit:
— Masalan avtomatga tanga tashladingiz Coca-Cola chiqdi. Coca-Cola siznikimi yoki avtomatnikimi?

Bir kuni tibbiyot kolleji domlasi o`quvchilarga savol beribdi:
O`ttiz sekundda ko`tariladigan narsa nima? Agar shu savolga kim to`g`ri javob bersa yillik, choraklik bahosini besh qo`yaman debdi.
Shunda bir qiz o`rnidan turib:
— Iye, domla uyalmiysizmi, deb xonadan chiqib ketibdi.
Ikkinchisi:
— Domla tayiniz qolmabdi, deb u ham chiqib ketibdi,
Uchinchi bir qiz o`rnidan turib:
— Domla buni javobi qon bosimi bo`lsa kerak debdi, domla balli to`g`ri javob berdiz bahoingiz besh.
Chiqib ketgan ikkala qizga aytib qo`ying, ular o`ylagan narsa emas, debdi.

Bir kishi o`rmonda adashib qolibdi va baqira boshlabdi. Bir payt yelkasiga kimdir qo`lini qo`yibdi. Qarasa ayiq!
— Nimaga baqiryapsan, odam?
— Kimdir eshitadimi dedim.
— Mana, men eshitdim. Bundan senga foyda bo`ldimi?

Bir cho`pon tuya hammomni orzu qilibdida, degan iborani eshitib hayron bo`lib yurar ekan.
Bir kuni ke bir borib ko`ray, deb hammomga boribdi, cho`milib maza qilgandan hammom degani zo`r joy ekan, kelasi yil yana kelamanooov, degan ekan.

Muovin boshliqqa debdi:
— Xo`jayin, kompaniyamiz yaxshigina pul tejash yo`lini o`ylab topdim!
Boshliq:
— Toshmat, ishdan bo`shashga qaror qildingmi?!

A-ha, qo`lga tushdingmi? - dedi Nasriddinning do`stlaridan biri. Pivo ichayapsan! o`zing aytganding, pivo ichishni doktor taqiqladi, deb. Demak, sen byulletenni bir necha kunga cho`zmoqchisan!
— Taqiqlagani to`g`ri. Lekin byulletenni cho`zish to`g`risidagi gaping noto`g`ri. Bundan tashqari, doktor menga ichishni taqiqlagandan keyin ko`p o`tmay qazo qildi.
Xo`sh, u o`lganidan keyin ham buyrug`iga bo`ysunishim kerakmi?

Bir kuni Afandi ko`chada ketayotganda, odamlar Afandiga shunday savol berishibdi:
— Afandim nimaga eshagingizga teskari o`tirib oldingiz, deyishibdi.
Shunda Afandi shunday javob beribdi:
— Bugun ertalab eshagim bilan urushib qolgandim, shunga yuziga qarashga uyalaman, debdi.

Afandi xonga g`oz pishirib borar edi, yo`lda korni ochib, bir oyog`ini yeb qo`ydi. Xon uni olib so`radi:
— Bir oyog`i qani?
— Bu yilgi g`ozlarning hammasi bir oyoqli ekan,— dedi-da, Afandi suv bo`yida bir oyog`ini ko`tarib dam olib turgan g`ozlarni ko`rsatdi. Xon tayoqni ko`tarib po`pisa qilgan edi, g`ozlar ikki oyoqlab qochdi.
— Ana, oyoqlari ikkita ekan-ku,— dedi xon. Afandi pinagini buzmay javob berdi:
— Shu tayoq bilan birov sizga ham hamla qilsa, ikki oyoq u yoqda tursin, to`rt oyoqlab qochar edingiz.