Latifa matni:
Bir yigit sehrli chiroqni topib olibdi-da, uni ishqalabdi. Shu payt ichidan jin chiqib:
— Tila tilagingni..., - debdi.
Yigit ham shoshilib qolib:
— Tinch okeani ustidan o`tadigan ko`prik qurib ber!, - deb yuboribdi.
— Esing joyidami?! U okean bo`lsa... O`zingga foydaliroq narsani so`rasang-chi, - desa, yigit:
— Dunyodagi barcha ayollarni javramaydigan qilib qo`y!, - debdi.
Jin ham o`ylanib turib:
— Qayerga ko`prik qurish kerak edi...?, - dermish.