Latifa matni:
Poyezd kupesiga bir nimjon kishi kirib:
— Bokschi, kurashchi, umuman sportchilar bormi?, - deb so`rabdi.
— Yo`q, - deyishibdi.
— Unda besh mingdan yig`ib beringlar, - deb, pulni olib, chiqib ketibdi. Bu hol yana uch martta takrorlanibdi. To`rtinchi martta kirib yana so`rabdi.
— Bor, - debdi kupedagilardan bittasi.
— Unda shaxmat o`ynaymiz, yutqazgan ellik ming beradi, - dermish.