Latifa matni:
Adasi do`stlari bilan karta o`ynab o`tirishsa, kichkina o`g`li adasini yoniga kelib:
— Ada, to`rtta tuz bo`lsa yutadimi-yutqazadimi?, - debdi.
— Yutadi! Nariroqqa bor, - debdi adasi o`g`liga.
Bu gapni eshitgan do`stlari qo`llaridagi kartalarni tashlab:
— Bo`ldi, sen yutding, - deyishibdi.
Adasi esa o`rtadagi pullarni yig`ib olar ekan, o`g`li unga:
— Ada, qo`lingizda umuman tuz yo`qligi yomon-a?, - dermish.