Bo`limlar
Latifalar
Poshsho saroyidagi hamma a’yonlar Afandini yomon ko`rardilar. Ular poshshoga Afandining ustidan g`iybat qilishar, uning haqida turli-tuman uydirmalar tarqatishar edi. Biroq Afandi bilan uchrashganlarida hamisha o`zlari sharmanda bo`lishardi.
Bir kuni ular to`planishib poshshoning oldiga kirishdilar-da, Afandining og`zi sassiqligiga uni ishontirmoqchi bo`lishdi. Ig`vo ustiga tasodifan Afandi kelib qoldi. A’yonlarning rangi-quti o`chib, damlari ichiga tushib ketdi.
Poshsho haqiqatni bilmoqchi bo`lib Afandidan so`radi;
— Qani, yaqinroq o`tirchi, a’yonlar senga qattiq kasallik yo`liqqan deydilar, rostmi?
— Shohim, ularning hammasi mening qadrdon do`stlarim, ular yolg`on gapirishmaydi, eshitaychi, ular nimalar deyishdiykin?
— Bularning aytishlaricha, sening og`zing yomon sasib ketgan emish.
— Ularning gaplari juda to`g`ri, shohim,— dedi Afandi,— hozirgacha men ularning xiyonati, ahmoqona qiliqlarini birovga aytmay ichimga yuta berganimdan, o`sha illatlar ichimda sasib, og`zimdan chiqmoqda.

Mashhur yunon faylasufi Suqrotdan shogirdlari so`rashibdi:
— Nikoh ko`ngildagidek bo`lishi uchun qanday shartlar kerak?
— Buning uchun ikki narsa kerak,- debdi Suqrot, — er kar, xotin so`qir bo`lishi kerak.

Sudya:
— Hurmatli guvoh, siz hozir yolg`on gapirayapsiz, sizni nimalar kutayotganini bilasizmi?
Guvoh:
— Ha bilaman, bitta Kaptiva va ikki xonali uy kutayapti.

Afandi ko`chada bir odamni bekordan-bekorga ahmoq dedi. U odam Afandining boshiga musht o`qtalib keldi.
— Kim ahmoq!
— Shu kelishing rost bo`lsa, men ahmoqman,— javob berdi Afandi.

Afandi kechasi uyqudan uyg`onib:
— Tur, xotin, menga bitta qoshiq olib ber, - dedi
Xotini hayron bo`lib so`radi:
— Yarim kechada qoshiqni nima qilasiz?
— Tushimda tolqon ko`rdim, qo`limda yesam to`kilib ketyapti. Qoshiqda yesam to`kilmasmikin deyapman-da.

To`pt yahudiy va to`rt o`zbek Toshkentdan Moskvaga borish uchun poyezdga o`tirishibdi. To`rttala yahudiy har bittasi bittadan bilet olishibdi, o`zbeklar bo`lsa to`rtalasi bitta bilet olibdi. Yahudiylar hayron bo`lib, "bular nima qilar ekan, - deb kuzatib tursa.
Provodnik biletlarni tekshirishni boshlaganda, to`rttala o`zbek bitta tualetga kirib olibdi. Provodnik tualetda bitta odam bor, deb tualet eshigini taqillatib bilet so`rabdi. Eshik qiya ochilib, bitta biletni ko`rsatishibdi, provodnik o`tib ketibdi.
Yahudiylar qoyil qolibdi va Moskvadan qaytishda, ular ham to`rttasi bitta bilet olibdi, O`zbeklar bo`lsa birorta ham bilet olmabdi. Provodnik tekshirishni boshlabdi. Yaxudiylar yugurib tualetga kirib olibdi. Shu payt eshik taqillabdi. Yahudiylar biletni tashqariga uzatishibdi. O`zbeklar biletni olib narigi tualetga yugurishibdi.

Ikki GAI xodimi yo`lda zerikib turishgan ekan. Bir aravakash boboy ko`rinib qolibdi.
GAIshniklar hazillashmoqchi bo`lib boboyni to`xtatishibdi.
— Otaxon, hujjatlaringizni ko`rib qo`yaylikchi.
Shunda otaxon qamchisi bilan otni dumini ko`tarib:
— Bardachokda edi, olaqol!!!

O`g`il kechki payt mast kelib, uyga kirsa, stolni ustida qovun turgan ekan. "Bir oz yeb yotay, bo`lmasam uydagilar ichib kech kelganimni bilib qolishadi", - deb qovunni yeb uxlabdi.
Ertalab oyisi:
— Ey, uyati yo`q, tur! Kechqurun uyga ichib kebsan-a?
— Yo`q, oyi.. Men ichganim yo`q, nimalar deyapsiz?
— Ichganim yo`q? Tunda oshqovoqni yarmini yeb qo`yibsanku, - dermish.

— Guli, sen butunlay surbetlashib ketyapsan! Kechqurun uyga "drabadang" mast kelding!
— Qanaqa mast! Men ovsinim bilan ozgina ozginadan ichdik xolos! Buni ustiga oshxonadagi idishlarni ham yuvib qo`yganman.
— Ha, o`simlik yog`i bilan!

Piyonista davolanishga kelibdi. Vrach:
— Ho`sh, ko`p ichasizmi?
— Unchalik ko`p emas, kuniga ikki litr aroq xolos...Bir gramm ham ko`p emas!
— Ex-xe! Anchadan beri ichasizmi?
— Unchalik ko`p bo`lgani yo`q, 12 yoshimdan beri...
— Ux-xo`! Bo`lmasa, davolanasiz! Fakat bitta sharti bor!
— Qanaqa?
— Davolashni boshlanishida kuniga 200 grammdan ko`p ichmaysiz!
— Ikki yuz gramm... Bo`pti! ...Ertasi kuni piyonista oyog`ini zo`rg`a sudrab bosib, allaqanday qo`shiqni xirgoyi qilgancha kelibdi.
— Azizim, siz bilan kelishgandikku, kuniga 200 grammdan ko`p bo`lmasin, deb!?
— Nima, meni bitta sizda davolanayapti deb o`ylaysizmi?