Latifa matni:
Bir tashkilot xodimlari har kuni ertalabki 9:00 dan kechki 22:00 ga qadar ishlashardi.
Xodimlardan biri bo`lsa 9:00 da ishga kelib, roppa-rosa 18:00 da ketardi.
Qolganlar hayron bo`lib boshliqdan so`rashibdi:
— Nega anavi xodim ham bizga o`xshab soat 22:00 da emas, 18:00 da ishdan ketadi?
Boshliq:
— O`rtoqlar, axir u xodimimiz mehnat ta’tilida!, - debdi.