Latifa matni:
Imtihon kuni domla bir talabani kuzatib o`tirsa, talaba tanga tashlab, test javobini belgilab, chiqayotgan ekan. Hozir hammadan oldin javoblar varaqasini topshirib chiqib, ketadi bu humpar deb o`ylabdi domla.
Hamma talabalar javoblarini topshirib chiqib ketishsa ham, u talaba haliyam o`tirganmush.
Domla yoniga borib:
— Vaqt tugadi ukam! Topshiring javob varaqangizni, - desa,
Talaba
— Hozir domla, qayta tyekshirib chiqay, - deb, yana tanga tashlay boshlabdi.