Latifa matni:
To`rt ulfat oylik maoshini olib bir o`tirib, ulfatchilik qilaylik deyishibdi. Ulardan yoshi kattarog`i aytibdi:
— Kelinglar tanga tashlaymiz, agar tanga oldi tarafi bilan tushsa, saunaga borib bir miriqamiz, agar orqasi bilan tushsa qizlarni olib, toqqa chiqib, dam olib kelamiz, agar qirrasi bilan tushsa pivoxo`rlik qilamiz, mabodo tanga yerga tushmay havoda muallaq turib qolsa, oyligimizni bir tiyinini ham sarflamay, xotinlarimizga olib borib beramiz! — debdi.