Samoda uchayotdan
Latifa matni:
Samoda uchayotdan samolyot to`satdan qulay boshlabdi. Bortdagilarning hammasi parashyutlarda sakrab qolibdi. Faqatgina bitta styuardessa samolyot bilan birga kimsasiz orolga tushibdi. Qiz qo`rquvdan hushidan ketibdi-yu, o`ziga kelgach ko`zlarini ochib qarasa, soch-soqollari o`sgan bir kishi olovda go`sht pishirib o`tirganmush.
— Siz kimsiz? Bu yerga qanday kelib qoldingiz?, - debdi styuardessa.
— Jinoyatchiman. O`n besh yil oldin jinoyatlarim uchun shu yerga tashlab ketishgan. Jazolashmoqchi edi, mazza qilib go`shtxo`rlik qilib yuribman, - debdi haligi odam.
— Menga ham go`shtdan bering.
— Buni evaziga nima berasan?
— Siz o`n besh yildan buyon sog`ingan narsani...
Haligi kishi xursandchilikdan o`rnidan sakrab turib, qizni quchoqlab olibdi-da:
— Nahotki, nahotki bu yerga NOS olib kelgan bo`lsang, - dermish.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Samoda uchayotdan samolyot to`satdan qulay boshlabdi. Bortdagilarning hammasi parashyutlarda sakrab qolibdi. Faqatgina bitta styuardessa samolyot bilan birga kimsasiz orolga tushibdi. Qiz qo`rquvdan hushidan ketibdi-yu, o`ziga kelgach ko`zlarini ochib qarasa, soch-soqollari o`sgan bir kishi olovda go`sht pishirib o`tirganmush.