Latifa matni:
Qadim zamonda bir podshoh uch nodon vaziriga buyuribdi:
— Baliqni boshini olmasdan turib, o`ldirib huzurimga olib kelinglar! Uchchala vazir yo`lga chiqibdi.
Birinchi vazir:
— Agar baliqni boshini olmasak, qanday qilib o`ldiramiz, - debdi.
Ikkinchi vazir esa:
— Yaxshisi podshoh xuzuriga o`lik baliqni olib boramiz, - debdi.
Shunda uchinchi vazir:
— Ey nodonlar! Shungayam aqlingiz yetmadimi? Baliqni o`zimizning uslubda, suvga cho`ktirib olib boramiz, - dermish.