Latifa matni:
Homilador ayol akusher ko`rigidan o`tib bo`lgach, suhbatlashibdi:
Akusher:
— Mana, to`qqiz oydan so`ng ona bo`lasiz!
Ayol:
— Nimaga to`qqiz oy? Namuncha uzoq? Ikki oydan so`ng iloji yo`qmi?
Vrach hayratlanib:
— Buni aslo iloji yo`q! Tabiat qonuni shunaqa. Ona farzandini to`qqiz oyda dunyoga keltiradi, ikki oyda emas...
— Tabiatni tinch qo`ying! Tajribasiz ekaningiz ko`rinib turibdi. Biz tanlov o`tkazib, ikki oyda ishni bitiradigan pudratchi topamiz. Xayr! Feysbukda "Potrebitel"ga siz haqingizda salbiy fikrlar yozib qoldiraman.