Latifa matni:
Adasi to`rt yoshli qizini uxlatmoqchi bo`lib, alla aytib beribdi. Qizini ko`zlari yumulganini ko`rgan otasi:
— Uxlayqol qizim. Hozir tushingda ajoyib ertaklar ko`rayotgan bo`lsang kerak, - debdi pichirlab.
Qizi esa shu zahoti ko`zini ochib:
— Yo`q adajon. Reklama tugamadi hali, - degan ekan.