Latifa matni:
Axlat tashiydigan mashina orqasidan hayhaylab yugurib ketayotgan do`stini ko`rgan o`rtog`i dedi:
— Nima, mashina bilan kimo`zarga yuguryapsanmi, do`stim?
— Yo`q, - dedi do`sti halloslab, - xotinim eski paypog`imni axlatga tashlab yuboribdi. Ichida xotinimdan berkitgan pullarim bor edi.