Latifa matni:
Bir kuni Messi ko`chada sayr qilib yursa, Real jamoasining fanatlari uni rossa do`pposlashibdi. Messi zo`rg`a qochib qutulibdi. Ertasi kuni ko`chaga chiqsa, yana shu ahvol emish. Bundan charchagan Messi ustiga ayollar kiyimini kiyib, boshiga parik taqib ko`chaga chikibdi. Shunda pista chaqib turgan xotin Messini yoniga kelib sekingina:
— Hoy Messi, bu yoqqa kel!, - debdi.
Messi xolani oldiga borib:
— Voy xola, mani tanidizmi?, - desa, haligi xolayam parigini yechib:
— Ahmoq, qanaqa xola? Man Luis Enrikemamu, - dermish.