Latifa matni:
Bir kuni afandi mardikor bozoriga borib qarasa, odamlar faqat kuchli, baquvvat yigitlarni ishga olayotgan ekan. Afandi nima qilishini bilmay, hiyla ishlatmoqchi bo`libdi. Hamma mardikorlarni yig`ib:
— Hammangizni hozir ishga olib ketishadi, hov anavi yerga borib turinglar, mashina kelsa ketasizlar, - deb aldabdi.
Bir pasta mardikor bozor bo`shab qolgan ekan, zum o`tmay afandini bir odam kelib ishlashga olib ketgan ekan.