Latifa matni:
Polkovnik generalga erishilgan muvaffaqiyatlar haqida hisobot bermoqda:
— ... harbiy qismda ayniqsa, tartib-intizom sohasida ulkan yutuqlarga erishdik, - deb tursa,
Shu payt qiya ochiq eshikdan askar mo`ralab:
— Ey qariya, mashinangni minib ketyapman, xo`pmi?
Polkovnik hayratda qolgan generalga o`girilib:
— Mana ko`rdingizmi, yarim yil oldin ular hatto so`rab ham o`tirishmasdi, - dermish.