Latifa matni:
Yigit bilan qiz bir-birlarini qanchalik qattiq sevishini isbot qilmoqchi bo`lib, ko`p qavatli uyning tomiga chiqishibdi:
—Uchgacha sanab birgalikda sakraymiz, - debdi yigit.
— Xo`p, shunday qilamiz, - debdi qiz ham.
Yigit bir, ikki, uch degan ekan qiz pastga sakrabdi, yigit esa sakramasdan tepada qolibdi. Yigit bir payt qarab tursa, pastga tushib borayotgan qizning katta parashyuti ochilgan ekan...