Latifa matni:
Bir kuni ota-bola baliq oviga chiqishibdi.
— O`g`lim, menga nonni ber. Hozir baliqlarni bu yerga chaqiramiz, - debdi otasi.
— Nonni yeb qo`ydim dada, - debdi o`g`li.
— Unda bo`tqani ber.
— Uni ham yeb bo`ldim.
Jahli chiqqan ota:
— Ma ol, chuvalchanglarni yeb qo`ysang tezroq uyga qaytamiz, - debdi.