Latifa matni:
Qadim zamonda usta mergan yashagan ekan. Bir chaqirimdan ham tangani nishonga behato olarkan. Bir kuni podshoh musobaqa uyushtiribdi. G`olib chiqqanga bir qop oltin va’da beribdi. Ammo bu safar podshoh tangani qo`lida ushlab turarkan. Nishonga tekkiza olmasa, kamon o`qi podshohga tegishi va shu ishtirokchining boshi tanasidan judo bo`lishi aniq. Usta mergan kamondan o`q uzibdi. Qo`llari qaltirab ketib, kamon podshohga borib tegibdi va podshoh halok bo`libdi. Mergan jonidan umidini uzib tursa, podshohning voris o`g`li kelib:
— E qoyil, mana sizga ikki qop oltin, - degan ekan.