Latifa matni:
Ko`p qavatli uylarning eng yuqori qavatida yashaydigan er-xotinlar urushib qolishibdi. Xotinini qo`rqitib qo`ymoqchi bo`lgan er, uyning derazasiga chiqibdi-da:
— Hozir shu yerdan o`zimni tashlayman-da, chil-chil bo`pkyetaman!
Shunda xotini:
— To`xtang adasi, - deb ichkariga yugurib kirib ketsa, eri xursand bo`lib turganakan:
— Mana shu ahlatlarni ham pastga ola keting, - debdi xotini.