Latifa matni:
Bolasini olib ketish uchun bog`chaga kelgan ona tarbiyachi o`rindiqda uxlab yotganini, bolalar esa maydonchada bir o`zlari telefon o`ynab o`tirishganini ko`rib jahli chiqib ketibdi. Tarbiyachini tepasiga borib baland ovozda:
— Bu nimasi? Hamma bolalar qochib ketishadi-ku, - desa,
Tarbiyachi:
— Tinchlaning, hech qayoqqa ketishmaydi. Chunki Wi-Fi faqat maydonchani ichida ishlaydi, - dermish.