Latifa matni:
Bir kishi bozordan sotib olgan to`tiqushini gapirishga o`rgatyapti:
Kishi:
— Men yurishni bilaman.
To`ti:
— Men yurishni bilaman.
Kishi:
— Men gapirishni bilaman.
To`ti:
— Men gapirishni bilaman.
Kishi:
— Myen ucha olaman.
To`ti:
— Aldama!