Latifa matni:
Mashhur jamoa futbolchisi o`z uyiga sport muxbirlarini chaqirib, uyida bor texnika anjomlarini birma-bir ko`rsata boshlabdi:
— Mana bu televizor, bu konditsioner, bu muzlatgich, mikroto`lqinli pech, ...
Muxbirlar hayron bo`lib, futbolchidan nega bularni ko`rsatayotganini so`rashsa:
— Sizlar nuqul "bu futbolchini texnikasi yo`q", deb gazetaga yozasizlar, sizlarga yana qanaqa texnika kerak?, - dermish.