Latifa matni:
Quyon do`konga kirib ayiqdan so`rabdi:
— Kofe bormi?
— Yo`q, bizda unaqa narsa sotilmaydi - debdi ayiq.
Ertasiga quyon yana kelib?
— Kofe bormi?
— Yo`q dedimku senga, - debdi jahl bilan ayiq.
Uchinchi kuni yana shu holat takrorlangan ekan, ayiq:
— Agar yana bir martta kirib kofe so`rasang qo`log`ingga mix qoqib, devorga ilib qo`yaman, - deb baqiribdi.
Quyon qo`rqqanidan oldi-orqasiga qaramay qochibdi .
Uch kundan so`ng quyon do`konga sekin kiribdi-da debdi:
— Mix bormi?
— Yo`q.
— Bo`lmasa kofe bormi?, - dermish.