Latifa matni:
Bir kuni Afandinikiga yon qo`shnisi kirib qolibdi. Afandi:
— E, keling, keling qo`shni.
Qo`shni:
— Keldik qo`shni.
— Tinchlikmi o`zi? Kecha tunda "gurs-s-s" etgan ovoz eshitildi.
Afandi:
— Ha umi kecha tomda yotgandim, choponim pastga tushib ketdi.
Qo`shni:
— E, qo`ying-e, chopon tushib ketsa bunchalik ovoz chiqmaydi-ku.
Afandi:
— Gap shundaki, shu choponning ichida o`zim ham bor edim-da, - dermish.