Latifa matni:
Shoshilinch yordam shifoxonasi. Vrach kelgan kasallarni ko`ra boshladi. Hammasi bosh jarohati bilan.
Birinchi kasaldan so`radi:
— Nima bilan urishdi?
— Skovorodka bilan...
Ikkinchisidan so`radi:
— Siznichi?
— Skovorodka bilan...
Uchinchisi ham, 4-si ham, 5-ham shu javobni berdi.
— Nima balo epidemiyami bu? - hayron bo`ldi vrach.
— Yo`q, hov anavi komada yotgan odamni ko`ryapsizmi? O`sha xotinidan qochib yig`ilib turgan odamlar orasida yashirinmoqchi bo`ldi. Odamlar esa biz edik..