O`rtoqlaridan biri
Latifa matni:
O`rtoqlaridan biri Afandini uyga taklif qildi. U mehmonxonaning to`rida o`tirgan edi, eshon kirib keldi.
— Qani, taqsir, buyoqqa o`tsinlar, - deb, unga o`z joyini bo`shatib berdi.
Imom domla kirib keldi. Unga ham joy bo`shatib, o`zi sal pastroqqa o`tirdi.
Keyin ellikboshi, birmuncha boyonlar kirib kelishdi. Afandi:
— Qani yuqoriga, yuqoriga, - deb, ularni ham to`rga o`tqizvordi.
Bundoq qarasa, o`zi poygakka tushib qolipti. Afandining diqqati oshib turgan edi, eshikdan bir ko`ppak it mo`raladi. Ikkala qulog`idan cho`zib uni ham ichkariga tortdi-da:
— Bor, sen ham to`rga chiq! - dedi.
Ijtimoiy tarmoqlarda:O`rtoqlaridan biri Afandini uyga taklif qildi. U mehmonxonaning to`rida o`tirgan edi, eshon kirib keldi.