Latifa matni:
Bir yigit tramvay ostanovkasida turgan qizga tegajonlik qilib so`radi:
— Oppoqqiz, bu yerdan nechanchi nomerli tramvaylar o`tadi?
— Birinchi va to`rtinchi tramvaylar. Yigit yaqinroq kelib:
— Yana qaysi nomerlar o`tadi, jonidan, - degan edi
Qiz:
— Boshqa nomerlar ham o`tadi-yu, ammo sizning nomeringiz o`tmaydi, - deb javob berdi qiz.