Bir kuni Afandi uchto`rtta
Latifa matni:
Bir kuni Afandi uch-to`rtta o`rtog`ini uyiga boshlab keldi. Xotiniga kirib: «Bir quling o`rgilsin palov qilgin» dedi.
— Voy, qiziqmisiz? Axir uyimizda na guruch bor, na go`sht, na yog` bor. Nima bor, nima yo`qligini surushtirmay-netmay, mehmon boshlab kelaverasizmi?!
— Xo`p-xo`p xotin, sal o`pkangni bosib ol. Hech bo`lmasa, dasturxonga bo`sh laganni olib chiqib qo`ygin, o`zim gapning kiftini keltiraman.
Xotini ham eri aytganday qilib, bo`sh laganni dasturxonga olib chiqib qo`ydi.
— Og`aynilar,— dedi Afandi,— Agar uyimizda guruch, yog`, go`sht bo`lganida edi, hozir shu bo`sh laganda bug`i chiqib turgan palov bo`lardi...
Ijtimoiy tarmoqlarda:Bir kuni Afandi uch-to`rtta o`rtog`ini uyiga boshlab keldi. Xotiniga kirib: «Bir quling o`rgilsin palov qilgin» dedi.