Latifa matni:
Jinnilar jinnixona devoridan qochmoqchi bo`lib rossa devordan sakrashni mashq qilishibdi. Qochish uchun bir kunni reja qilishibdi. O`sha kun kelganda, tundan tongacha yoqqan yomg`ir devorni ag`darib yuboribdi.
Tongda bir jinni tashqariga chiqibdi va hafa bo`lib qaytib kirib sheriklariga:
— Rejamiz barbod bo`ldi. Qocha olmaymiz, devor ag`darilib ketibdi.