Latifa matni:
Bir yigit Sibirga do`stining uyiga mehmonga boribdi. U yerlar judayam sovuq ekan. Ikkalovi ovqatlanib o`tirsa mehmonning oyog`i ostidan kalamushdek keladigan jonzot o`tib qolibdi shunda mehmon:
— Shu sovuqda kalamush nima qiladi bu yerlarda? - desa
Mezbon:
— Bu kalamush emas, palto kiyib olgan suvarak, - dermish.