Latifa matni:
Antiqa paytda yashayapmizda. Statuslarni aytaman. Ularni o`ylab o`zi to`qib yozadiganlar ham bor, tarjima qiladiganlar esa ko`proq. Birov yozganini uxlatib o`zini sayt, gruppa, kanaliga qo`yadiganlar esa ulardan ham ko`proq. O`qib klass, layk bosib shaxsiy sahifasiga qo`yadiganlar yanayam ko`proq.
Biroq... O`sha aqlli gaplarga, foydali nasihatlarga amal qiladiganlar juda oz. Netdagi hayotimiz quruq gapga aylanib bormoqda. Amerikaliklar tili bilan aytganda "Bla, bla, bla..."