Latifa matni:
Katta kompaniya direktori o`z o`rinbosariga gap uqtirmoqda:
— Sizni tabriklashim mumkin. Bundan olti oy ilgari oddiy xodim sifatida ish boshlagandingiz. Bir oy o`tib bo`lim boshlig`i bo`ldingiz.
— To`g`ri.
— Ikki oy o`tib, ombor boshlig`i bo`ldingiz.
— Bunisiyam to`g`ri.
— Hozir esa, ko`z tegmasin, bosh direktor o`rinbosari lavozimida ishlayapsiz. Buning uchun nima deyish kerak?
— Rahmat, dada!