Bir student kundalik
Latifa matni:
Bir student kundalik xarajatlarga pul topish uchun mardikor bozorga chiqibdi. O`zi kichkina ozg`in ekan, hech kim ishga yonlamabdi. Bir payt qora Mers kelib to`xtabdi. Ichidan uchta krutoy odamlar tushib to`g`ri uning oldiga kelib:
— Sen to`g`ri kelasan, yur ish bor, - deb uni olib ketibdi.
Studentni hayvonot bog`iga olib borishibdi. Hayvonot bog`i direktori:
— Uka senga 200 ming so`m beraman, hayvonot bog`iga komissiya kelayapti, maymunimiz o`lib qolgandi. Tuppa tuzuk maymunga o`xshaydigan bola ekansan, komissiya ketguncha maymunning niqobini kiyib, maymun bo`p tur, - debdi.
Student rozi bo`libdi.
Komissiya kelibdi. Student "bu zo`r maymun ekan", - o`ylasin deb karatega tushib tomosha ko`rsatayotganmish. Komissiya a’zolaridan biri:
— Bu karatist maymun ekan, kelinglar sher bilan urishtiramiz, - debdi.
Sherni maymunning qafasiga qo`yvorishibdi. Sher studentga o`kirib yaqinlasha boshlabdi.
Student burchakda. Sher yaqinlashgan sari, studentning ishtoni og`irlasharmish. Nihoyat sher studentning yoniga kelib:
— o`o`o`, qo`rqma bratishka, menam TOShMIda o`qiyman, - dermish