Latifa matni:
Afandi bog`ida o`tin qilib, kechqurun boltasini yelkasiga tashlab ketayotgan edi, yo`lda bir hovlidan it chiqib, Afandiga tashlandi. Afandi bolta bilan itni chopib o`ldirdi. Itning egasi chiqib Afandini tutdi:
— It sizni talagan ekan, boltaning sopi bilan urib haydasangiz ham bo`lar edi-ku!
— It dumi bilan qopsa, boltaning sopi bilan urar edim, beti bilan qopgandan keyin, men ham boltaning beti bilan chopdim-da! O`zidan ko`rsin!