Latifa matni:
Hayvonot bog`ida Gorillaning banani yo`qolib qoldi. Shunda Gorilla e’lon yozib daraxtga ilib qo`ydi:
— Mening bananimni kim o`g`irlaganini topib olsam, oyoq-qo`li va qulog`ini uzib olaman, — deb yozibdi Gorilla.
Ertasi kuni e’lon tagida yangi yozuv paydo bo`libdi.
— Garov o`ynayman, uzib ololmaysan, — deb javob yozibdi Ilon.