Latifa matni:
1. To`p egasini topadi.
2. Darvozabon ko`zini suzmasa, hujumchi gol urmaydi.
3. Hakam bitta gapiradi.
4. Golni gol qiladigan ham hakam, gohida pul qiladigan ham hakam.
5. Gol ursang rohat topasan.
6. Yetti o`lchab tepguncha, to`pni oldirib qo`yasan.
7. Hujumchi o`zar, himoyachi to`zar.
8. Hujumchini yugurgani darvozagacha.
9. Hujum qilsang, gol urasan.
10. Hujuming 100 ta bo`lsa ham oz, raqib hujumi bitta bo`lsa ham ko`p.
11. Hakamga yaqinlashsang, kartochkali bo`lasan.
12. Murabbiy hujumchini maydonda sinaydi.
13. Oldin o`zingga ur, keyin raqibga.