Latifa matni:
— To`ydan oldin qanaqa va’dalar bergan edingiz? — deb nozlanib so`radi xotin.
Er o`ylab ham o`tirmay, dadil javob qaytardi:
— Va’dalarim esimda: osmondagi yulduzlarni olib beraman, Oyni hatto Quyoshni ham olib kaftingga tutqazaman, deganman. Lekin har yili yangi palto olib beraman, demaganman.