Latifa matni:
Chekka qishloqlardan birida yashaydigan 2ta qiz Toshkentga kelib, aylanib yurishib, o`zlari tengi qizlarni sigaret chekayotganini ko`rishibdi. Shunda qizlardan biri:
— Qara Guli, shaharlik qizlar bemalol sigaret chekib yurishibdi. Kel, biz ham sigaret chekamiz! — desa.
Unisi:
— Qo`ygin, Sharapat, biz o`zgarmaylik, — desa.
Dugonasi:
— To`g`ri aytasan Guli, qani nosdan ol, — dermish.