Latifa matni:
Qiz bilan yigit xiyobonda aylanib yurishgan ekan. Daraxtzorlar orasiga kirganda yigit qizni qo`lidan ushlab:
— Jonim, xohlaysanmi senga yoshligimda kesib tashlashgan joyni ko`rsataman?
Qiz qizarib yerga qarab:
— Qo`ying uyalaman, to`ydan keyin ko`rsatarsiz.
— Bunga to`yni nima aloqasi bor, hozir ko`raver. Ko`ryapsanmi xo`v, anavi daraxtlar orasida ko`rinayotgan binoni, o`sha bino klinika. Yoshligimda o`sha joyda ko`richagimni kesib tashlashgan...