Latifa matni:
Bo`lg`usi rafiqasi bilan uchrashuvga otlangan yigitga xolasi aql o`rgatyapti:
— Sen qizga albatta 3 ta savol berishing kerak. Birinchi savol ro`zg`orga oid bo`lishi shart. Ikkinchisi oila, uchinchisi esa falsafiy bo`lsin, tushundimi jiyan, bo`sh kelma!
Kuyov uchrashuvga borganida xolasini aytganlariga amal qilib so`radi:
— Kechirasiz, siz makaronni yaxshi ko`rasizmi?
— Yo`q.
— Ukangiz-chi, u makaronni yaxshi ko`radimi?
— Meni ukam yo`q.
— Nima deb o`ylesiz, agarda ukangiz bo`lganida makaronni yaxshi ko`rgan bo`larmidi?!