Latifa matni:
Bir yosh bolakay ko`p qavatli uylar oldida xafa bo`lib o`tirgan ekan, maktab yoshidagi bir bolakay yoniga kelib:
— Nima qilib o`tiribsan? - deya gap boshlabdi.
— Uf, zerikib ketdim! - debdi yosh bolakay.
— Kel, unda zoopark-zoopark o`ynaymiz?
— A, u qanaqa o`yin? Men bilmayman-ku?!
— Bu judayam oson: Men maymun bo`laman, sen esa menga banan olib kelasan!