Latifa matni:
Qiz bilan yigit birinchi bor uchrashgani chiqishibdi. Yigit qizni muzqaymoq bilan mehmon qilibdi. Ikkalasi indamay muzqaymoq yeyayotgan ekan, qiz yigitdan so`rabdi:
— Nega gapirmay indamay o`tiribsiz, nimalar haqida o`ylayapsiz?
— O`sha siz o`ylayotgan narsalar haqida o`ylayapman.
— Voy, uyatsiz, uyalmaysizmi to`yimiz bo`lmay turib, shunaqa narsalar haqida o`ylagani?